ANDROID DEVELOPMENT

Uchta bosqichdan iborat o'quv kursini tamomlang va daromad topishni boshlang

Batafsil Darslar

Kurs haqida

Android tizimida ishlaydigan smartfonlar uchun dasturlar tuzishni o'rganing va yuqori darajadagi daromadli kasb, mutaxassisga aylaning !

Operatsion tizim haqida

Android - smartfonlar, planshetli kompyuterlar, kommunikatorlar, elektron kitoblar, raqamli pleyerlar, qo'l soatlari, netbuklar, smartbuklar kabi qurilmalar uchun ochiq kodli, Linux yadrosiga, asoslangan operatsion tizimdir. Android hozirgi kunda Google kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

Android - ajoyib xususiyatlarga ega bo'lgan iOS bilan raqobatlashadigan kuchli operatsion tizim. Ushbu tizim uchun ilovalar odatda Java dasturlash tilida ishlab chiqariladi. Android tizimi uchun dasturilar yaratilgandan so'ng, ularni Google Play, Yandex store, Opera Mobile do'konlari, Apkpure, Amazon Appstore, SlideME va F-droid kabi onlayn do'konlarda osongina sotish mumkin.

Android uchun ilovalar yaratishning afzalliklari

Ikki milliardli bozor

Google Android tizimida ishlaydigan qurilmalarni ikki milliarddan oshganligini tasdiqladi. Siz yaratgan dastur butun dunyo bo'ylab ikki milliarddan oshiq qurilmalarda ishlashi mumkin, bu esa yaxshigina daromad topishingiz mukinligini bildiradi !

Talablarning yuqoriligi

Bugungi kunga kelib 70 milliarddan ortiq android ilovalari ro'yhatga olingan. Bu android tizimida ishlaydigan qurilmalarning ko'pligi va ular uchun ilovalarga talablarning yuqoriligini ko'rsatadi.

Yuqori darajali oylik daromad

AQSHning barcha shaharlaridagi android dasturchilari uchun yillik maosh o'rtacha $68 000 - $82 000 oralig'ida qilib bergilangan. O'zbekiston sharoitida siz boshqalar uchun dasturlarni yozib berish bilan tajribangizga qarab oylik $500 - $2 000 va unda ham ko'proq topa olasiz.

Dasturchilar juda kerak

Rivojlanib borayotgan vatanimizda dasturchilarga talab juda yuqori, talab yuqori bo'lgan kasb egalari esa hech qachon kam daromad topishmaydi. Agar eng yaxshi Android developer bo'lsangiz dunyoning qaysi bir chekkasida bo'lmasin sizga ish topish muammo bo'lmaydi.

Dastur yaratish qiyin emas

Eng muhimi sizda katta qiziqish bo'lishi kerak. Dasturlashni hamma o'rgana olishi mukin, hatto maktab o'quvchisi ham 5-6 oyda yaxshigina dasturlar tuzishini o'rganishi mumkin. Quyida kurs rejasi batafsil berilgan, tanishib chiqing. Hammasi o'z qo'lingizda, kursni tamomlab insonyatga foydasi tegadigan dasturlar yaratishingiz mukin.

DASTURLASH KELAJAKNI O'ZGARTIRADI !

Darslar

Darslarning samaradorligini oshirish maqsadida kurs uchta asosiy bo'limga bo'lingan

Java Basic

Java dasturlash tiling asoslari ikki hafta davomida o'tiladi

Android Basic

Android uchun dasturlashning asoslari ikki oy davomida o'tiladi

Creating Android Apps

Olgan bilimlaringizni real proektlarda yanada mustahkamlash uchun imkonyat

Android uchun dastur yaratish

Ushbu bo'limda yaratishingiz mumkin bo'lgan dasturlar bilan Google Play ga o'tib tanishib chiqishingiz mumkin. Bu dasturlar asosida siz Android dasturlarni qanday yaratishni hamda Google Playga joylashni o'rganasiz! Kelgusida ushbu dasturlar asosida har qanday qiyinchilikdagi Android tizimi uchun ilovalarni ishlab chiqishingiz mumkin bo'ladi.



Savollarga javoblar

Sizda tug'ulishi mumkin bo'lgan ba'zi bir savollarga javoblar

NurSoft.uz

«Agar bajarishdan qo’rqsangiz, demak bu ishni bajarishga albatta urinib
ko’rishingiz kerak!» — Seth Godin

Andijon viloyati
Andijon shahri,
A.Fitrat ko'chasi 230 uy

kurs.info@nursoft.uz

+998 99 994 20 93

Xabaringiz qabul qilindi. Tez orada siz bilan bo'g'lanamiz.